So’nggi yangiliklar

13:07Кейн "Барселона"нинг қизиқиши ҳақида: "Мен буни мақтов сифатида қабул қиламан"  0 12:22Мбаппе "Реал"ни "Бавария" ярим ҳимоячисини сотиб олишга чақирмоқда  1 11:58Роналду: "Саудия Арабистонида бахтлиман, шу ерда қолишни истайман"  1 11:20"Бавария" Бруну Фернандешнинг трансфери бўйича қарор қабул қилди  0 10:51Жаҳон чемпиони "Ал Насср"га ўтишни истамоқда  3 10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  1 10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  2 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  4 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  14 08:43Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  3 08:17Навбатдаги муҳим ғалабадан сўнг Гвардиола нималар деди?  3 07:52Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида 3 таликга киради"  26 07:30Ла Лига. "Осасуна" — "Реал Мадрид" 2:1  15 07:25Sofascore. 45 дақиқа майдонда ҳаракат қилган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:10АПЛ. "Манчестер Сити" — "Ньюкасл" 2:1  0

"Buxoro" "karvonsaroy"mi? Yangiliklar

"Buxoro" "karvonsaroy"mi?

Telegramdagi "qizil VAR" kanali "Buxoro" klubiga to'xtaldi.

Ayni paytda O'zbekistonning 2 klubiga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yilgan. "Nasaf"ning muammolariga bir necha kun oldin to'xtalgandik. Endi esa Buxoro viloyatining bosh jamoasi haqida...

Bu jamoaga nisbatan ayni paytda faqat bitta sifatni ishlatish mumkin — qo'nimsizlik. Xo'sh, nega?

Diqqat qiling, "Buxoro" klubida ishlagan direktorlar ro'yxati:

1. Alisher Rustamovning o'rnini Jamol Alimov egalladi (2021 yil yanvar);

2. Jamol Alimovning o'rnini Usmon Toshev egalladi (2021 yil 10 may);

3. Usmon Toshevning o'rnini Farruh Xamraev egalladi (2021 yil 9 iyul);

4. Farruh Xamraevning o'rnini O'tkir Qodirov egalladi (2021 yil noyabr oyida).

Bu o'zgarishlarning barchasi 365  kun ichida bo'ldi va har gal yangi rahbar ishni eskisining qarorlarini bekor qilish bilan boshladi. Misol uchun, Usmon Qudratovich kelib nafaqat jamoa xodimlarini, uning nomini ham o'zgartirishga harakat qildi ("Nurafshon"ga). Keyingi rahbar esa ishni klubning oldingi nomiga qaytish bilan boshladi. Tizimdagi beqarorlik, albatta, jamoaning natijalariga ham salbiy tasir qiladi. Ammo foydali o'zgarishlar, masalan, 2019 yilning dekabridan beri o'yin o'tkazilmagan asosiy stadionga qaytishni hech kim eplolmadi.

2021 yilda "Buxoro" (yoki "Nurafshon") klubida ishlagan murabbiylar ro'yxati: Jamshid Saidov (18 martda shartnoma bekor qilindi), Davron Fayziev, Anvar Berdiev, Mirislom Hasanov, Usmon Toshev, Hakim Fuzaylov (18 dekabrdan). 

❗️12 oyda 6 murabbiy. SHu o'rinda savol tug'iladi: "Buxoro" — professonal futbol klubimi yoki barchaga ochiq karvonsaroymi?

"Buxoro"ning minglab muxlislari bor. Jamoaning muvaffaqiyatsizliklari kadrlarning tinimsiz almashinuvi bilan bog'liq. Bu beqarorlikning sababini kimdir ishqibozlarga tushuntirib bera oladimi?

G'alati dunyo (Bubanyaning g'aroyib hikoyasi)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика