Superliga. "Bunyodkor"ning 11 o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyasi tugadi – "Buxoro" mag'lub etildi

Administrator
19 sen 2026, 22:10
Superliganing 22-tur bahslaridan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga, 22-tur

"Bunyodkor" – "Buxoro" 2:1

Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev
To'rtinchi hakam: Sanjar Ahmadov
VAR hakami: Rustam Choriev
AVAR hakami: Shohrux Maqsudov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Shahzod Xolboev

Gollar: 1:0 – 8, Shahzodjon Nematjonov (Narimonjon Ahmadjonov); 1:1 – 34, Temur Mamasiddiqov (Vladimir Rodich); 2:1 – 45+1, Abdulhamid Ikromov (Nosirjon Abdusalomov)

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov (97.Muhammadali Adhamov, 84), 13.Muhammadjon Hakimov, 14.Shahzodjon Nematjonov (11.Sardor Abdunabiev, 80), 18.Narimonjon Ahmadjonov (39.Faxriddin Muhammadov, 84), 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 42.Abdulhamid Ikromov (74.Ivan Bukrin, 90), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 88.Mirkamol Annamatov (33.Eldor Naimov, 80)

Zaxira: 16.Federiko Botti, 19.Mirkomil Murodov, 20.Abdulfayz Bobomurodov, 44.Alijon Bekmurodov.

"Buxoro": 13.Azizxon Isaqov, 7.Xurshidbek Muxtorov (97.Shahboz Jo'rabekov, 84), 8.Anvarjon Jo'raev (18.Ozodbek Rajabov, 13), 11.Temur Mamasiddiqov (77.Asilbek Qayumov, 71), 21.Quvondiq Ro'ziev (9.Nika Kacharava, 71), 22.Asadbek Jo'raboev (14.Islombek Baratov, 84), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 88.Dominik Begich

Ogohlantirish: Amir To'raqulov (28)

🏁 90+4-daqiqa. Bosh hakamning final hushtagi chalindi va uchrashuv yakunlandi! "Bunyodkor" o'z maydonida "Buxoro" jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

⏱️ 90-daqiqa. Bosh hakam Nayim Qosimov uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.

🔄 84-daqiqa. Har ikkala jamoa safida navbatdagi almashtirishlar:

"Buxoro" tarkibida Asadbek Jo'raboev va Xurshid Muxtorov maydonni tark etdi, ularning o'rniga Islombek Baratov hamda Shahboz Jo'rabekov o'yinga tushdi.

"Bunyodkor" safida esa Narimonjon Ahmadjonov va Amir To'raqulov o'rniga Faxriddin Muhammadov bilan Muhammadali Adhamov bahsga qo'shildi.

🔄 80-daqiqa. "Bunyodkor" tarkibida ham qo'sh o'zgarish: Shahzodjon Nematjonov hamda Mirkamol Annamatov maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Sardor Abdunabiev va Eldor Naimov o'yinga qo'shildi.

🔥 78-daqiqa. Xavfli vaziyat! Shamsiddin Tursunmahammadov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi. Rikoshet hosil qilgan to'p xavfli tarzda ustun yonidan o'tib ketdi.

🔄 71-daqiqa. "Buxoro" tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish: Temur Mamasiddiqov va Quvondiq Ro'ziev maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Asilbek Qayumov hamda Nika Kacharava bahsga qo'shildi.

🔥 68-daqiqa. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga Sherzod Esanov boshi bilan zarba yo'lladi. Darvoza chizig'i ustida turgan “Bunyodkor” himoyachisi to'pni tepib yuborib, jamoasini yana bir muqarrar goldan qutqarib qoldi! Vaziyat yakunlangach, yon hakam ofsayd qayd etilganini bildirib bayroqchasini ko'tardi.

⚠️ 62-daqiqa. "Bunyodkor" jarima maydonchasi ichida keskin vaziyat yuzaga keldi: Amir To'raqulov va Quvondiq Ro'ziev to'qnashib ketdi, biroq bosh hakam buni o'yinning tabiiy holati deb baholab, hushtagini chalmadi. Hujum esa mehmonlarning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

🔥 56-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Buxoro" burchak to'pini amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichida bosh bilan berilgan xavfli zarbaga "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abdujalilov reakciya qilishga ulgurmay qoldi. Biroq darvoza chizig'i ustida turgan Mirkamol Annamatov to'pni boshi bilan qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi! Mehmonlarning takroriy zarbasi esa to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

54-daqiqa. Shahzodjon Nematjonov olis masofadan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, biroq uning yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi.

51-daqiqa. Maydon markazida kurash: "Buxoro" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev "Bunyodkor" a'zosi Abdulhamid Ikromovga nisbatan qoidani buzdi va hakam jarima to'pi belgiladi.

▶️ 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Jamoalar maydonga qaytishdi va bahs davom etmoqda.

⏸️ 45+2-daqiqa. Bosh hakam xushtagi chalindi va birinchi bo'lim yakunlandi. Dastlabki 45 daqiqalikdan so'ng "Bunyodkor" – "Buxoro" – 2:1. Jamoalar tanaffusga yo'l olishmoqda.

🔥 45+2-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Buxoro" futbolchilari tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Jarima maydonchasi ichidan yo'llangan xavfli zarbadan so'ng "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!

⚽ 45+1-daqiqa. GOL! "Bunyodkor" yana oldinda! Nosirjon Abdusalomovdan to'pni qabul qilib olgan Abdulhamid Ikromov oldinga siljib, taxminan 25–30 metrlar masofadan erlatib kuchli zarba yo'lladi. To'p rikoshet sababli biroz sekinlashgan bo'lsa-da, pastki burchak tomon yo'naldi va reakciya qilishga kechikkan "Buxoro" posboni Azizxon Isaqov darvozasini saqlab qola olmadi – 2:1!

⏱️ 45-daqiqa. Bosh hakam Nayim Qosimov birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berdi.

44-daqiqa. "Buxoro" jamoasi chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. Temur Mamasiddiqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi va "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abdujalilov to'pni osonlik bilan egallab oldi.

⚽ 34-daqiqa. GOL! "Buxoro" muvozanatni tiklamoqda! Vladimir Rodichdan uzatmani qabul qilib olgan Temur Mamasiddiqov jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va chap oyoqda kuchli zarba berib, olis burchakni aniq nishonga oldi – 1:1!

🟨 28-daqiqa. Bosh hakam "Buxoro" foydasiga jarima zarbasi belgilaganidan so'ng to'pni tepib yuborgani uchun "Bunyodkor" a'zosi Amir To'raqulovga sariq kartochka ko'rsatildi.

⚠️ 21-daqiqa. "Bunyodkor" hujumi chap qanotdan davom etdi. Uzatilgan to'pni Shahzodjon Nematjonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq zarba noaniq chiqdi.

🔄 13-daqiqa. "Buxoro" tarkibida ilk o'zgarish: maydonni jarohat olgan Anvarjon Jo'raev tark etdi, uning o'rniga Ozodbek Rajabov bahsga qo'shildi.

8-daqiqa. GOL! "Bunyodkor" hisobni ochmoqda! Maydon markazidan boshlangan hujum natijasida Narimonjon Ahmadjonov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni markaziy zonaga – orqaroqqa uzatdi. Qulay nuqtada turgan Shahzodjon Nematjonov aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0!

▶️ 1-daqiqa. Bosh hakam Nayim Qosimovning hushtagi chalindi va uchrashuv boshlandi. Maydon egalari "Bunyodkor" jamoasi to'q binafsharang, mehmonlar "Buxoro" futbolchilari esa oq rangli liboslarda to'p surishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia