So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  3 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Maqsud Karimov: "Nasaf"ning futbolchisi bo'lganim bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Maqsud Karimov: "Nasaf"ning futbolchisi bo'lganim bilan faxrlanaman"

“Nasaf” futbol klubida shunday futbolchilar borki, jamoa tarkibida ko'p yillar to'p tepib, jamoa yutuqlariga ulkan hissa qo'shgan, muxlislar mehrini qozongan va hurmat-etiborga sazovor bo'lgan hamda el nazariga tushgan.

Bunday futbolchilar orasida “Nasaf” futbol klubining tajribali himoyachisi Maqsud Karimov ham bor.

Futbolchi 2008 yildan buyon, yani 10 yildirki, “Nasaf” futbol klubining sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Maqsud Karimov 2006-2007 yillar “Xorazm”, “Vobkent” jamoalarida to'p tepdi. 2008 yilda esa “Nasaf” tarkibiga kelib qo'shildi.

Karimov jamoa tarkibida OFK Kubogi sohibi, 2 karra kumush medali sohibi, 6 karra bronza medali sohibi, besh marta O'zbekiston Kubogi finalchisi, 2015 yili O'zbekiston Kubogi sohibi va 2016 yili O'zbekiston Superkubogi sohibi va Osiyo chempionlar ligasida 5 mavsum ishtirok etdi.



Maqsul Karimov milliy chempionat o'yinlarida 274 marta maydonga tushdi va “Nasaf” tarkibida himoyachi sifatida  200dan oshiq o'yin o'tkazdi.

Futbolchi 2010 va 2011 yillarda milliy terma jamoamiz tarkibida ham 4ta o'yin o'tkazib, 159 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Maqsud Karimov bugun "Nasaf" tarkibidagi so'nggi uchrashuvda maydonga tushdi.

“Nasaf” – “AGMK” uchrashuvi yakuniga etgach, futbolchiga alohida ehtirom ko'rsatildi.



"Nasaf" rahbariyati, murabbiylar nomidan shuningdek “Nasaf”ni ko'p ming sonli muxlislari, Maqsud Karimovga jamoa safida ko'rsatgan o'yinlari uchun mingdan-ming rahmatlar aytadi. Maqsudjon biz sizdan mamnunmiz, sizni ezozlaymiz! Sizga katta tashakkur! deb yozadi klub rasmiy sayti.

Bugungi o'yindan so'ng. Maqsud Karimovni qisqacha suhbatga tortdik.

- Avvalombor,  shunday kunlarga etkazganiga ming marta shukur. "Nasaf"dek jamoaning tarkibida to'p tepganimdan, jamoaning bir bo'lagi bo'lganimdan g'oyatda faxrlanaman. Bu jamoaning o'tmishi shonli, salohiyati juda katta, shuningdek kelajagi ham porloq. "Nasaf" hamisha o'zbek futbol ishqibozlarining nazaridagi jamoadir. Bu jamoada to'p tepganimdan faxrdaman.  Sevimli jamoamning kelgusi faoliyatiga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Bu jamodan ketish men uchun juda og'ir. Bu jamoa xuddi o'z oilamdek, o'yimdek bo'lib qolgan. Muxlislar esa xuddi o'zimning aka-ukalarimdek. Hammangizga rahmat aytaman, - deydi Maqsud Karimov. 


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика