So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  3 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  17 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

Eshitdik-da: "Lokomotiv"da dahshatli yo'qotishlar bo'ladi Yangiliklar

Eshitdik-da: "Lokomotiv"da dahshatli yo'qotishlar bo'ladi

Superliganing amaldagi chempioni tarkibida qator o'zgarishlar ro'y berishi kutilmoqda.

Tasdiqlanmagan, ammo bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, "Lokomotiv" jamoasi asosiy tarkibining katta qismi "temiryulchilar"ni tark etishi mumkin.

Oldinroq Ikrom Aliboev Janubiy Koreyaning "Seul" klubiga transfer bulgandi. Eshitishimizga qaraganda, ushbu transferdan amaldagi chempionimiz taxminan 800 ming AQSH dollari atrofida foyda ko'rgan.

SHuningdek, Sanjar SHoahmedov, Sardor Rashidov, Sardor Mirzaev, Oleg Zoteev, Marat Bikmaev kabi futbolchilar ham katta ehtimol bilan legioner maqomida faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Ularga ham xorij klublaridan qator takliflar tushgan.

Jamoaning o'ng kanot himoyachisi SHuhrat Muhammadievga "Paxtakor" tomonidan qiziqish juda jiddiy. Yuqorida ismi tilga olingan futbolchilar aksariyati jamoada qolishi ham mumkin. Ammo hozircha ularning keyingi faoliyati qaerda davom ettirilishi nomalum.

Avval xabar berganimizdek, AGMK safida yaxshi mavsumni o'tkazgan legioner yarim himoyachi Yovan Jokich "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolaydi. Faqat bu o'tish rasman transferlar oynasi ochilganida ro'yxatdan o'tkaziladi.

SHuningdek, "Bunyodkor" hujumchisi Filipp Rayevac "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda transfer oynasi 17 dekabr kuni rasman ochiladi. Bu haqda avvalroq xabar bergandik.


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика