Angliya kubogi. “Liverpul” “Vulverxempton”ga yutqazib, musobaqani tark etdi
08 jan 2019 07:00
Yangiliklar


Angliya kubogi. “Liverpul” “Vulverxempton”ga yutqazib, musobaqani tark etdi
“Vulverxempton” jamoasi o'z maydonida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Avvaliga Raul Ximenes 38-daqiqasida hisobni ochgan bo'lsa, 51-daqiqada Divok Origi muvozanatni tikladi. 55-daqiqaga kelib, Ruben Nevesh gol kiritib, “mersisaydliklar”ga chiqish eshigini ko'rsatib qo'ydi.
Vulverxempton – Liverpul 2:1
Gollar: 1:0 – 38 Ximenes, 1:1 – 51 Origi, 2:1 – 55 Ruben Nevesh.
Vulverxempton – Raddi, Kastro (Doerti, 75), Bennett, Koudi, Ruben Vinagre, Diogu Jota (Kavaleyru, 52), Dendonker, Moutinyu, Ruben Nevesh, Boli, Ximenes (Elder Koshta, 83).
Liverpul –Minole, Rafael Kamashu, Lovren (Xuver, 6), Moreno, Milner, Fabino, Jons (Firmino, 70), Keyta, SHaqiri, Starrij (Salah, 70), Origi.
Ogohlantirishlar: Milner (15).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar