Zlatan Ibragimovich: “Menda 10 kun vaqt qoldi, ammo “Milan”dagilardan hech kim bir so'z aytgani yo'q”

22 iyul 2020, 09:51
“Sassuolo”ga qarshi bahsda dubl qayd etgan “Milan” hujumchisi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz yaxshi futbol namoyish etadigan jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Bu erga faqat g'alaba qozonish uchun kelgandik. Juda chiroyli ishlarni amalga oshiryapmiz, ammo mavsum hali tugamadi. Maqsadimiz uchun kurashamiz. 5-o'rinni olishni xohlaymiz, ammo Yevropa Ligasi kvalifikaciyasi ham yomon emas. Menda 3 ta o'yin va 10 kun qoldi. Ammo hech kim menga biror gap aytgani yo'q. Endi kutmayman ham. Piolining yangi shartnomasi? Men hech narsani bilmasdim. Bu yerda har kuni nimanidir bilib olaverasiz. Men shu yerda ekanman, musobaqa jadvali ham “Milan” 2-o'rinda bo'lishi kerakligini ko'rsatmoqda”, - deydi Zlatan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia