

Oldinroq, "Chelsi" uch marta xato hujjatlar yuborgani uchun marokashlikning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragani e'lon qilingan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar birinchi marta xato hujjat jo'natishgan. Ikkinchi safar xatolar to'g'irlangan, ammo kerakli imzo bo'lmagan. "Ko'klar"ning uchinchi urinishi dedlayndan so'ng sodir bo'lgan va shu sababli hujjat hisobga olinmagan.
Ma'lum bo'lishicha, "Chelsi" hujjatlarda yo'l qo'ygan xato Enco Fernandes transferiga qaratilgan bor e'tibor tufayli bo'lgan ekan.



