Zidan: "Isko xafa bo'lishi mumkin, ammo oldinda 65 tadan ortiq o'yin kutib turibdi"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2017, 12:40
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi Iskoda 2017/18 mavsumda o'zini ko'rsatish imkoniyati bo'ladi.

Fransiyalik mutaxassis bu haqda "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi javob uchrashuvidan so'ng aytdi. "Qirollik klubi" 2:0 hisobida g'olib bo'lib, sovrinni qo'lga kiritdi, Isko esa zaxirada qoldi.

"Jamoam juda ajoyib, rotaciya esa o'yinga ta’sir o'tkazmaydi. Bu safar ilk uchrashuvda o'zini ko'rsata olgan Isko maydonga tushmadi. U xafa bo'lishi mumkin, ammo oldinda 65 tadan ortiq bahs kutib turibdi. O'zgarishlar o'yinga ta’sir qilmasa, bundan xursand bo'lish lozim" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca