

"Qirollik klubi" bu bosqichda "Yuventus" bilan o'ynaydi.
"Har safar "Yuventus" bilan o'ynashga to'g'ri kelganida, hayajonlanaman, chunki bu klubda besh yil o'ynaganman. Ko'plab sabablar tufayli "keksa sinora" bilan to'qnash kelishni xohlamayman. Endi bor e'tiborni shu bahsga qaratib, futbolchilarga kerakli maslahatlarni berishga harakat qilaman va "Yuventus"da o'tazgan vaqtlarimni eslamaslikka intilaman. Biroq bu yodimdan chiqmaydi" - deydi Zidan.


