Joze Mourinyo: Mata Styauaga qarshi o'ynashga haqli

Narzulla Saydullayev
29 sen 2013, 08:18
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 6-turidan o'rin olgan Tottenxemga qarshi o'yindan (1:1) so'ng Xuan Matani maqtadi.
Menga Mataning Suindonga qarshi ko'rsatgan o'yini yoqdi, shu bois uni Tottenxemga qarshi uchrashuvda maydonga tushirdim.

45 daqiqa davomida uning namoyish etgan o'yinidan qoniqdim. Mata mana shunday o'ynayotganidan xursandman.

Hozirdan aytishim mumkinki Xuan Chempionlar ligasi doirasida Styauaga qarshi o'ynay oladi. U bunga loyiq. Futbolchilar klubda o'ynashni istashlarini namoyish etishlari lozim. Mata buni amalga oshirdi, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru