
"Garet Beyl o'zi Ispaniyada o'ynayotganligi sababli Primeroni kuchli liga deb atadi. Buni tushunsa bo'ladi. Men ham u yerda ishlaganman. G'alaba qozonganman, omadsizlikka ham uchraganman. Ligalar o'rtasidagi farqni tushunaman. Ispaniyada o'yin boshlangunga qadar qanday natija qayd etilishi aniq bo'lgan o'yinlar ko'p. Bu yaxshi emas.
U yerda faqat ikkita kuchli jamoa bor. "Atletiko" onda sonda ularga halal berib turadi. Shu sababli chempion jamoa 100 ochko ishlab, 126 ta gol kiritishi mumkin. Angliyada buning iloji yo'q. Bunday holat qayd etilgan ligani eng kuchli deb hisoblashga hojat yo'q", - deydi "Chelsi" bosh murabbiyi.