

Enco Fernandes 2022 yilning yozida "Benfika"ga 12 mln evro evaziga o'tdi, Xulian Alvares esa 22 mln evroga "Manchester Siti" a'zosiga aylandi. Ular Milan klubiga o'tishi ham mumkin edi. Bu haqda Zanetti qo'yidagilarni ochiqladi:
"Ular kelajakda buyuk ishlar qilish taqdirlarida borligi darhol ko'rsatdilar. Misol tariqasida biz 21 yoshida olib kelganimiz Lautaroni keltirmoqchiman. Hozir u 25 yoshda va u qanchalik o'sganiga qarang. Yosh o'yinchilarga pul tikkanda, ularni ayni paytda emas, balki kelajak 4-5 yilda yetishadigan holati bilan baholash kerak.
Enco va Xulian bizning kun tartibimizda turgan edi. Biroq o'sha paytda kelishuvga erishish uchun klubning iqtisodiy holati to'g'ri kelmas edi".



