"Zalcburg" murabbiyi: "Liverpul" bilan o'yin birinchisiga solishtirganda umuman boshqacha bo'ladi"

26 noya 2019, 20:00
"Red Bull Zalcburg" bosh murabbiyi Jessi Marsh Chempionlar ligasida "Liverpul" bilan o'yindan nimalar kutayotganini aytib o'tdi.

"Biz shuni tushunishimiz kerakki, bu o'yin birinchisi bilan solishtirganda umuman boshqacha bo'ladi", – deydi Marsh.

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalarning "Enfild"da o'tkazilgan o'yinida "Liverpul" 3:0 hisobida oldinda bora turib, uchrashuv so'nggida 4:3 hisobida g'alaba qozongan.  

Qayd etish kerak, ular o'rtasidagi ikkinchi o'yin 10 dekabr kuni o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:45da start oladi. 


Guruh jadvalidagi holat bilan tanishing


O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com