"Yuventus" yarim himoyachisi Arturning "Valensiya"ga o'tishi bekor bo'ldi

Alisher
28 avg 2022, 21:10
"Yuventus" yarim himoyachisi Arturning "Valensiya"ga o'tishi so'nggi lahzalarda bekor bo'ldi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Shunga qaramay, Turin klubi transfer oynasining so'nggiga qadar 25 yoshli braziliyalik bilan xayrlashishni ko'zlamoqda.

Artur o'tgan mavsum "Yuventus" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano