

“Yuventus” “Sassuolo” a'zosi Manuel Lokatelli bilan kelishuvga erishishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu tufayli turinliklar Jakani transfer qilishi mumkin.
Shuningdek, 28 yoshli futbolchi borasida “Roma” londonliklarga rasmiy taklif (12+3 mln evro transfer uchun) yubordi. Biroq, “Arsenal” 20 mln evro xohlamoqda.
Shveytsariya TJ a'zosi 2016 yil “Borussiya M”dan “to'pchilar” safiga kelib qo'shilgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.



