"Yuventus" Miranchuk uchun 20 million evro to'lashga tayyor

Alisher
22 noya 2019, 18:41
"Yuventus" "Lokomotiv" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksey Miranchukka qiziqmoqda.

Xabarlarga qaraganda, "Yuventus" vositachi orqali "temiryo'lchilar" vakillari bilan suhbatlar olib bormoqda.

Takidlanishicha, 24 yoshli rossiyalik futbolchi Turin klubi muzokara olib borayotgan bir necha futbolchilardan bittasidir.

Ehtimoliy transfer esa 2020 yilning yozida ro'y berishi mumkin.

Faqatgina, "Yuve" vakillari bitimning Yevropa chempionatiga qadar yakunlanishini xohlashmoqda. Italiya klubi Miranchuk uchun 20 million evro atrofida mablag' sarflamoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ФАН