Yurgen Klopp: "Xummelsning goli haqqoniy bo'lgan edi, lekin hisoblashmadi"

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2014, 10:13
Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kubok finalida jamoasiga nisbatan nohaqlik bo'lganini aytib o'tdi.

"Bizning haqqoniy golimizni hisobga olishmadi. Gol bo'lganini zahirada o'tirgan barcha futbolchilarimiz ko'rishdi.

Mag'lubiyatni hakamning xatosi bilan bog'lamoqchi emasman. Lekin, Xummelsning urgan goli ko'p narsani o'zgartirib yuborishi mumkin edi. Biz gol urdik, lekin, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldik. Bosh hakam esa menga bunday vaziyatlar uchun gol bo'lganligini aniqlaydigan texnologiya zarurligini aytdi", - deydi dortmundliklar murabbiyi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru