Yoshlar o'rtasidagi chempionlar ligasining g'olibi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
29 apr 2019, 23:05
Yoshlar o'rtasidagi CHLning finalida Portu hamda Chelsi bosh sovrin uchun bahs olib bordi.

Hal qiluvchi o'yin Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan Kolovrey o'yingohida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Chelsi yoshlari raqiblariga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va Portu musobaqaning chempioniga aylandi. Eslatib o'tamiz, Portu yarim finalda Xoffenxaymani (3:0), aristokratlar esa murosasiz to'qnashuvda Barselonani taslim (2:2, pen – 5:4) etgandi. 

Portu – Chelsi 3:1 (1:0, 2:1)

Kolovrey stadioni.

Gollar: 1:0 – 17 Fabiu Vieyra, 1:1 – 53 Redan, 2:1 – 55 Diogu Keyrush, 3:1 – 75 Afonsu Souza.

Portu – Diogu Meyrelesh, Diogu Keyrush, Tiagu Lutindu, Tomash Eshtevesh, Diogu Leyte, Fabiu Vieyra (Vitor Ferreyra, 71), Ndiaye, Romariu Baro (Gonsalu Borjesh, 89), Kinones, Fabiu Silva (Takang, 89), Joau Mariu (Afonsu Souza, 63).

Chelsi – Jiger, Kolli, Gei, Matsen, Lempti (Braun, 76), Gallaxer (Andjorin, 76), Familio-Kastilo, Makkormik, Gilmur, Makikran, Redan.

Ogohlantirishlar: Makkormik (25), Fabiu Vieyra (71), Kinones (77), Ndiaye (85), Matsen (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia