Yaya Ture: "Chempionlar ligasidan tashqarida bo'lish og'ir, ammo "Manchester Siti"ga omad tilayman"
Aslanov Jasurbek
28 sen 2016, 14:17
Xosep Gvardiola tomonidan "Seltik"ka qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmagan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture jamoadoshlariga omad tiladi.
"Yaxshi mashg'ulot bo'ldi. Chempionlar ligasidan tashqarida bo'lish og'ir, ammo jamoadoshlarimga "Seltik"ka qarshi bahsda omad tilayman" - deyid Ture.