"Drogba o'z vaqtida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq edi"

Sherzod Nurmatov
8 fev 2025
"Manchester Siti" sobiq a'zosi Yaya Ture "Chelsi" sobiq hujumchisi Dide Drogba va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh o'rtasida tanlov qildi.

"Menga Drogba yoqadi. Odamlar unga nisbatan adolatsizlik qilishgan, menimcha, u ham o'z vaqtida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq edi. Men Drogbani tanlayman, albatta", – dedi Ture.

Avvalroq Mixael Ballak APLda Drogba va boshqa top-hujumchilar yo'q davrda o'ynayotgani van Deykning omadi ekanini takidlagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport