Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Orshich "Sautgempton" o'yinchisiga aylandi

Alisher Ostonov
6 yanv 2023, 23:12
Xorvatiya terma jamoasi va Zagrebning "Dinamo" klubi hujumchisi Mislav Orshich "Sautgempton"ga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 30 yoshli vingerning klub bilan shartnomasi 2,5 yilga mo'ljallangan.

Orshich 2022/23 yilgi mavsum "Dinamo" tarkibida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi.

U shuningdek Xorvatiya terma jamoasi tarkibida JCH-2022da bronza medallariga sazovor bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: southamptonfc.com