Xorazmda mini futbol bo'yicha bolalar ligasi o'tkazilmoqda

Narzulla Saydullayev
6 mar 2015, 13:02
Mazkur musobaqada vohaning Bog'ot va Hazorasp tumanlaridan tashqari barcha hududlardan jamoalar ishtirok etmoqda.
Birinchilik 2001 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida ikki guruhda olib borilyapti. Ayni damda, 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
  
Xususan, 1-guruhda 6 ochkodan jamg'argan “Olimpiya”, “Urganch OZK-Internat” va “5-son futbol maktab-internati” jamoalari yetakchilik qilishayotir. Shuningdek, 2-guruhda VBO'SM-2, “Lokomotiv-BFK” va “Qo'shko'pir” jamoalari oldinda borishmoqda. Ular hisobida ham 6 tadan ochko mavjud.
  
-  O'yinlar juda qiziqarli kechmoqda, - deydi musobaqa bosh hakami Alisher Ro'zmetov. – Birinchilikni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, katta futbol mavsumi oldidan yoshlarimizning mahoratini yuksaltirishdir. Bugungi kunda bunga erishyapmiz desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Bolalar ligasi o'yinlari aprel oyida poyoniga etadi.


Ikrom  XUDOYBERGANOV

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia