Xochsimon bog'lami uzilishi tufayli Brix uchun mavsum yakunlandi. Rekordga bir qadam qolgandi

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2023, 18:18
Germaniyalik hakam Feliks Brixga xochsimon bog'lami uzilishi diagnozi qo'yilgandi. Kecha mashhur hakamning tizzasi operaciya qilindi.

Referi shanba kuni Germaniya chempionati 12-turi doirasidagi "Ayntraxt" - "Shtutgart" bahsida jarohat olgandi. Shunga qaramay, u tanaffusgacha ishini o'zi davom ettirdi, ammo keyin shifokorlar maslahati bilan maydonni tark etdi, uning o'rnini zaxira hakami Patrik Shvengers egalladi. E'tiborlisi, ushbu uchrashuv hakam uchun Bundesliga doirasidagi 344-o'yin bo'ldi. Shunday qilib, Brix hamkasbi Volfgang Shtarkning rekordini takrorlagan va uni yangilashi uchun yana bitta uchrashuv etarli edi. Biroq hozircha bu voqea amalga oshmaydigan bo'ldi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, Brix uchun mavsum yakunlangan va u Yevropa chempionatini ham o'tkazib yuboradi.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Dfb.de