Germaniyalik hakam Feliks Brix xalqaro faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Alisher
15 iyul 2021, 13:40
Nemis hakami Feliks Brix Evro-2020dagi muvaffaqiyatdan so'ng 45 yoshida xalqaro faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Brix 2004 yilda Germaniya Bundesligasida hakamlik qilishni boshlagan va 3 yil o'tib FIFA hakamiga aylangandi. U JCH-2014, JCH-2018da ishladi, shuningdek u CHL-2016/2017 yilgi mavsum "Real" va "Yuventus" (4:1) jamoalari o'rtasidagi finalni boshqardi.

U yakunlangan Evro-2020da 5ta o'yinni, jumladan yarim final doirasidagi Italiya - Ispaniya (1:1, penaltilar bo'yicha 4:2) bahsida ishladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker