

Uning xalqaro maydonlardagi so'nggi o'yini Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida "Real" va "Inter" o'rtasidagi bahs bo'lib qoldi (2:0).
Brix 31 dekabrda rasman faoliyatini yakunlaydi.
46 yoshli hakam UEFA Chempionlar ligasining 85 ta uchrashuvini, jumladan, 2017 yilgi turnir finalini, shuningdek, Yevropa ligasining 15 ta o'yinini (2014 yilgi finalni ham qo'shib hisoblaganda) boshqargan. U 2014 va 2018 yillardagi jahon chempionatlari, 2016 va 2021 yillardagi Yevropa chempionatlari hamda 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarida ishlagan.
6 dekabr kuni Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) nemis arbitrini 2021 yilning eng yaxshi hakami deb tan oldi.



