

Yevropa faxriylari sardori "Oltin to'p"-2004 sohibi Andrey Shevchenko bo'ldi, Jahon faxriylari sardori esa "Oltin to'p"-1999 sohii va JCH-2002 g'olibi Rivaldo bo'ldi.
Ernan Krespo, Dida, Ivan Kordoba, Kristian Panuchchi va boshqa mashhur futbolchilar o'ynagan uchrashuv 0:0 hisobi bilan tugadi.
Yevropa jamoasiga Paolo Maldini, Jahon termasiga Ronaldo murabbiylik qildi. Shevchenko o'yin davomida jarohat oldi.





