Xitoy klubi "Lill" yarim himoyachisi uchun 70 mln. evro taklif qildi, ammo...

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2019, 17:05
Xitoyning "Dalyan Ifan" "Lill"ning ivuarlik yarim himoyachisi Nikolya Pepeni xarid qilishga urinib ko'rdi, ammo futbolchidan rad javobini oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy klubi Pepe uchun "Lillya"ga 70 mln. evro va bonus ko'rinishida yana 10 mln. evro taklif qilgan edi. Ammo yarim himoyachi faoliyatini Yevropada davom ettirishni istab, taklifni rad etdi.

23 yoshli Pepe 2017 yil "Anjer"dan "Lill"ga o'tgan edi. Transfer 10 mln. evro evaziga amalga oshgan. U joriy mavsum Liga 1ning 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 15ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football