Xayrulla Karimov: "Birgina xato qimmatga tushdi"

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2022, 20:54
Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan AGMK - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Xayrulla Karimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. "Qizilqum" bizga to'g'ridan-to'g'ri raqobatchi edi. 3 ochkoni maqsad qilgandik, afsuski, yakunlovchi zarbalarda omad yetishmadi. "Qizilqum" asosan qarshi hujumga tayanib o'ynadi. O'yinni nazorat qildik, jamoa to'p bilan yaxshi harakatlandi. Afsus, bugun bizga omad yetishmadi.

- Ikkinchi bo'limda "Qizilqum" raqibni orqaroqda kutib ola boshladi. Shunday vaziyatda yuqoridan uzatmalar asosan jarima maydoni ichkarisiga bo'laverdi. Nima uchun boshqacha uslub bo'yicha ko'rsatma berilmadi?

- Yo'q, albatta ko'rsatma berildi. Qizilqum" bir kishi kam bo'lib qolgani uchun asosan o'rtani yopishga harakat qildi. Shu bois ko'rgan bo'lsangiz biz 2 ta bo'ydor hujumchi bilan ham harakat qildik. Omad ham yetishmadi, uzatmalar ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Mag'lubiyatga shular sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- "Qizilqum"da 3 ta yirik yo'qotish bor edi. Ko'pchilik shu sababli ham AGMKning engilroq g'alabasini taxmin qilgandi. O'yin davomida shu narsa sezildimi?

- Baribir har bir o'yinda ko'rsatma beriladi. Futbolchilarda ham turli ruhiy xolatlar bo'ladi. Bu boradagi aytilgan fikr noto'g'ri bo'ladi. Qanday tarkib bo'lishidan qatiy nazar hushyorlikni, diqqat-e'tiborni yo'qotmaslik kerak. Birgina xato bizga qimmatga tushdi.

- Akrom Komilov zaxiradan o'yinga qo'shildi va yana maydondan olindi. Buning sababi nima?

- Komilov ozroq jarohat oldi. Avvalgi jarohati ozroq pand berdi.

- Jamoa asosiy raqobatchiga yutqazib qo'ydi. Oldinda qiyin o'yinlar bor, maqsadlar qanday?

- Oldinda o'yinlar bor, har bir ochko oltinga teng bo'lib turibdi. Har bir uchrashuvga g'alabani maqsad qilgan xolda chiqish kerak. O'ylashimcha, intriga chempionat oxiriga qadar davom etadi. Hayot davom, xatolar ustida ishlaymiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia