

OKMK jamoasi murabbiyi Xayrulla Karimov Superliga qur'asi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Mutaxassisning takidlashicha, qur'a natijalariga ko'ra barcha jamoalar bir-biri bilan to'qnash keladi va shu bois raqib tanlovi katta ahamiyat kasb etmaydi.
"Superligada qur'a shunday tushdiki, barcha jamoalar bir-biri bilan o'ynaydi. Shuning uchun kim bilan o'ynash unchalik katta ahamiyatga ega emas, deb o'ylayman. Ha, chempionatni uydagi o'yin bilan boshlash biroz engillik berishi mumkin", - dedi Karimov.
Shuningdek, murabbiy mavsumning dastlabki turlarida jamoalar o'rtasida katta farq bo'lmasligini qayd etdi.
"Mening o'ylashimcha, chempionatning boshidagi 4–5 turda barcha jamoalar deyarli bir xil holatda bo'ladi. Qolaversa, hozirgi Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Shuning uchun bu yilgi chempionat juda qiziq o'tishiga umid qilaman", - deya qo'shimcha qildi murabbiy.



