Xavi Martines: "Barselona"ga o'tishim borasidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2015, 17:12
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines "Barselona"ga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarni rad etdi.

Oldiroq OAVda "Atletik" sobiq futbolchisiga Kataloniya klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma'lum qilingan edi.

"Bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. 10 yildan beri futboldaligimda bunday mish-mishlarni 200 mingtasini eshitganman. Bunday xabarlarni o'qimayman. Bazida men o'zim bilmaydigan narsalar haqida yozishadi. "Bavariya"da o'zimni yaxshi his qilyapman. Maqsadim jarohatimdan to'liq qutilish" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com