Xans-Yoaxim Vatcke: "MYU Mxitaryan borasida taklifni yaxshiladi"

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016, 09:50
Borussiya klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke Genrix Mxitaryanning Manchester Yunaytedga o'tishi borasidagi muzokaralar haqida gapirib berdi.

Vaziyat o'zgardi - Manchester Yunayted o'z taklifini ancha yaxshiladi. Bunday vaziyatlarda bir qator faktorlarni hisobga olish kerak.

Yakuniy qaror yakshanba kunigacha qabul qilinadi, sababi dushanba kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz, - deydi Vatcke.

Oldinroq Mxitaryan uchun MYU 38 million evro to'lashi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportbild.bild.de