Viktor Font "Barselona"ga olib kelishni istayotgan futbolchilar ro'yxatini tuzib oldi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2021, 00:25
"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font transferlar ro'yxatini tuzib qo'ydi.

"Marca" xabariga ko'ra, ro'yxatga "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya va hujumchi Serxio Aguero, "Bavariya" himoyachisi David Alaba, "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Viynaldum, PSJ himoyachisi Xuan Bernat, "Lion" hujumchisi Memfis Depay, "Granada" posboni Ruy Silva, "Milan" xavbeki Xoqon Chalxanoglu kabi futbolchilar kiritilgan. 

Ushbu futbolchilar 2021 yilning yoziga erkin agentga aylanadi. "Barselona" prezidentligiga saylov esa mart oyida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca