"Vest Xem" rahbariyati tez orada Pellegrinining kelajagi bo'yicha muhokamaga kirishadi

Alisher
25 noya 2019, 15:40
"Vest Xem" rahbariyati bosh murabbiy Manuel Pellegrinining ishidan norozi.

Yaqin kelajakda direktorlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tadi, unda chililikning murabbiy sifatidagi kelajagi muhokama qilinadi. Rahbariyat mutaxassis boshchiligidagi klub o'yinlaridan norozi, ammo uni ishdan bo'shatish masalasi hali ko'tarilmagan. Takidlanishicha, agar natijalar yaxshilanmasa, Pellegrinining iste'fosi varianti ko'rib chiqilishi mumkin.

Ahamiyatlisi, London jamoasi Angliya chempionatida 7 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Oxirgi marta Pellegrini shogirdlari Angliya Premer-ligasining 6-tur uchrashuvida "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozonishgandi - 2:0.

Eslatib o'tamiz, 66 yoshli murabbiy  Vest Xemni 2018 yil may oyidan beri boshqarib kelmoqda. Mutaxassisning poytaxt jamoasi bilan amaldagi  shartnomasi 2021 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Ayni paytda londonliklar Angliya chempionati jadvalida 13 ochko bilan 16-o'rinda borishmoqda. Ularning keyingi o'yini 30 noyabr kuni "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph