Pellegrini: "Zenit"ni past baholash kerak emas"

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2022, 09:57
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Zenit"ga qarshi o'yindan so'ng (3:2) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Zenit" markazni yopib qo'yishni yoqtirishini bilardik. Bunga e'tibor qaratgandik. Qanot orqali bosim qilishga harakat qilgandik. Jismoniy va taktik vaziyatlarni hisobga olgan holda o'zgartirishlarni amalga oshirdik. 

Xoakin har doimgidek muhim futbolchi. U 40 yoshda, ammo borini berdi. Yaxshi o'ynadi. Uning o'yinidan mamnunman. U maydonga qaytganidan xursandman. 

Himoyadagi muammolar? Havotir olmayapman. "Zenit"ga past baho berish noto'g'ri. Ular "Chelsi"ga uchta gol urishdi. Bazida gol o'tkazib yuboramiz, ammo bu vaziyatdan chiqib ketamiz", - dedi Pellegrini. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com