“Vest Bromvich” Misr terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2018, 23:27
Angliyaning “Vest Bromvich” klubi rahbariyati Misr terma jamoasining 29 yoshli himoyachisi Ali Gabrni o'z safiga qo'shib oldi.

Inglizlar Misrning “Zamalek” klubi futbolchisini mavsum oxirigacha ijaraga olishdi. “Vest Bromvich” kelishuv muddati yakunlanganidan so'ng Gabrni sotib olish huquqiga ham ega bo'ldi. 

Gabr yangi jamoasida 16-raqam ostida harakat qiladi. U Misr terma jamoasi libosida 18ta o'yinda maydonga tushgan. Gabr “Vest Bromvich”da o'ynaydigan ikkinchi misrlikka aylandi. Unga qadar himoyachi Ahmad Xegazi ham “Vest Brom”da o'ynagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif