
“Hali bu haqda gapirishga erta. “Manchester Yunayted” chempionlik uchun bo'ladigan kurashdan chetga chiqqani yo'q. U ajoyib va o'ta mohir futbolchilarga ega bo'lgan top-klub sanaladi. Ular o'rtadagi farqni va yo'qotilgan ochkolarni tezda qayta tiklashlari mumkin”, - deydi mutaxassis.