Van Deyk jarohati tufayli bir necha haftani o'tkazib yuborishi mumkin

Оқил Абдубарноев
4 yanv 2023, 23:15
"Liverpul" va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, yaqin orada 31 yoshli futbolchi qo'shimcha tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

Angliya Premer-ligasining 19-turidan o'rin olgan "Brentford"ga (1:3) qarshi o'yinda himoyachi tanaffusda almashtirilgandi.

Van Deyk joriy mavsum mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Liverpool Echo