Valbuena mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2016, 11:45
"Lion" yarim himoyachisi Matyo Valbuena mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

Oldinroq 32 yoshli Valbuena elkasini operaciya qildirgan edi.

Futbolchi "Instagram"da bergan ma'lumotiga ko'ra, u trenajor zalida ishlamoqda.

"Mashg'ulotlarga qaytdim. O'zimni yaxshi his qilyapman. Tezroq maydonga qaytishga intilaman" - deydi Valbuena.

Joriy mavsumda Fransiya chempionatida Matyo Valbuena ettita o'yin o'tkazdi va bitta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com