Valbuena "Olimpiakos" bilan shartnomani uzaytirdi

"Olimpiakos" yarim himoyachisi Mate Valbuena klub bilan hamkorlik bitimini 2021 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi.

Bu haqida grek klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. 35 yoshli Valbuena "Olimpiakos" safiga o'tgan yilning yozida "Fenerbaxche"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. 

Ma'lumot uchun, Fransiya terma jamoasining sobiq a'zosi o'tgan mavsum davomida 31 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 gol, 21ta golli uzatma yozdirib qo'yishni uddaladi.


Manba: olympiacos.org