Umtiti Fransiya terma jamoasi safida jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2016, 08:31
Barselona himoyachisi Samyuel Umtiti Fransiya terma jamoasi mashg'ulotida jarohat oldi.
Umtiti Shvetsiyaga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Uning o'rnini Valensiya vakili Eliakim Mangalya egallaydi.

Hozircha Umtiti Fransiya terma jamoasi safini tark etmaydi. Tibbiy ko'rikdan keyin futbolchi Barselona ixtiyoriga qaytib ketishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com