Umtiti "Lion"ga qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2023
Himoyachi Samyuel Umtiti yozda "Barselona"ni to'liq tark etishi mumkin.

Turkiyalik Ekrem Konurning xabar berishicha, "Lion" futbolchini ortga qaytarish niyatida. O'tgan mavsumni Umtiti "Lechche"da ijarada o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Umtiti "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2011 - 2016 yillar davomida francuz klubi sharafini himoya qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur