

Bu mavsum 29 yoshli himoyachi ijarada "Lechche" klubida to'p tepmoqda. U Kataloniya klubiga qaytishdan xursand bo'ladi va "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar sabab yangi futbolchilar sotib ololmasa, o'z xizmatini taklif qilishga tayyor.
Fransiyalik futbolchida boshqa klublardan takliflar bor, lekin u "ko'k-anorranglilar"ning qarorini bilmay, muzokaraga kirishmaydi.
Takidlanishicha, "Barselona"dagilar futbolchining bu mavsumdagi o'yinlaridan mamnun, biroq hamkorlikni davom ettirish niyatida emaslar. Klub o'yinchi o'ziga yangi jamoa izlashi kerakligini ma'lum qilish niyatida.
Umtitining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.



