

"Maydonda ikki yaxshi jamoa to'qnash keldi. O'zingiz ko'rdingiz, birinchi bo'limda bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda nimadir o'xshadi yoki yo'q. Bu - futbol. Yigitlarga borlarini bergani uchun rahmat aytaman. Unutmaslik kerakki, "Buxoro" barcha uchrashuvlarni safarda o'tkazmoqda. "Bunyodkor"da mezbon maqomida bo'lsakda o'z maydonimiz emas",- deydi Ulug'bek Bakaev.
- "Do'stlik" bilan o'yinni hisobga olmaganda qolgan uchrashuvlarda jamoa gol urishga qiynalmoqda. Bu shunchaki vaziyatlardan foydalana olmaslikmi yoki hujumchilarning saviyasimi?
- Futbolchilar bugun birinchi bo'limning o'zida 3-4 ta yaxshi vaziyatlar yaratishdi. Hamma vaziyatlarda ham gol urishning iloji yo'q.

- Hujumchilar muammosi Pro ligada ham bor. Superligada aytmasa ham bo'ladi. Vaqtida o'zingiz hujumchi bo'lgansiz. Bugungi forvardlar muammosining sababi nimada?
- Birinchidan darvoza oldida vaziyatlarni golga aylantirish, hujumchilar ustida kam ishlanmoqda. Ikkinchidan sovuqqonlikning yetishmasligi. Uchinchisi futbolimiz o'sganligi. O'yinlar qiziqarli o'tmoqda. Jamoalar himoyalanishni yaxshi o'rganishdi. Aynan himoyalanishda futbolchilarning mahorati o'sdi deya olaman.



