Ukraina chempionati. “Shaxtyor” 95-daqiqada gol urib, “Dinamo”ni taslim etdi

Ukraina chempionatining 14-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv azaliy raqiblar “Shaxtyor” va “Dinamo” (Kiev) o'rtasida bo'lib o'tdi.

Xarkov shahridagi “Metallist” stadionida kechgan bahsda konchilar irodali g'alabaga erishishdi. Ushbu g'alabadan keyin “Shaxtyor” 37 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. “Dinamo” esa 29 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.


Manba: championat.asia