U-23 OCH. O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2018, 12:34
Xabaringiz bor, kecha 18 yanvar kuni Qozog'istonning Aktobe viloyati Irgiz tumanida fojea ro'y berdi.

Rossiyaga ketayotgan avtobusda yong'in chiqishi natijasida 52 kishi halok bo'ldi va 5 kishi jabrlandi.

Halok bo'lganlarning bari o'zbekistonlik. Hodisa joyiga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig'iga ko'ra tuzilgan maxsus hukumat komissiyasi a'zolari yo'l olgan bo'lib, fojea sabablari o'rganilmoqda.

Halok bo'lganlarning xotirasini yod etish uchun bugun 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan o'rin olgan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari ishtirokidagi chorak final uchrashuvi boshlanishidan avval bir daqiqalik sukut saqlanadi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi Qozog'istonda ro'y bergan fojeada halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com