4-12 oktyabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida 2014 yili Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash A guruhi o'yinlari bo'lib o'tadi. Qatar terma jamoasi mezbonlik qiladigan bahslarda final bosqichi yo'llanmasi uchun, shuningdek, Nepal, Hindiston, Turkmaniston va O'zbekiston yoshlari ham kurash olib borishadi.
3 oktyabr kuni har beshala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida musobaqa oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. O'nga yaqin mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirok etgan anjumanda barcha mutaxassislar bir fikrni deyarli takrorlashdi: terma jamoalar musobaqa tayyor va ular, albatta, final bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
Saralash bahslariga ikki oy davomida tayyorgarlik ko'rdik. Guruhimizdan juda yaxshi jamoalar o'rin olgan va, shubha yo'qki, bo'lajak o'yinlar bizning jamoamiz uchun yaxshi tajriba maktabi vazifasini o'taydi. Birinchi o'yinimiz Turkmanistonga qarshi kechadi va, yaqindagi Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan o'smirlar terma jamoamiz kabi, biz ham turkmanlarni mag'lubiyatga uchratish maqsadidamiz. Umuman, final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz, - dedi Nepal yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Raju Kaji Shakya.
Nepallik mutaxassisnnig fikricha, Qatar va O'zbekiston – saralash bahslarining favoritlaridir. Ushbu fikrni so'nggi yillarda Hindistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalariga muntazam rahbarlik qilib kelayotgan ingliz mutaxassisi – Kolm Jozef Toal ham tasdiqladi.
Xitoyga borib, bir qator nazorat o'yinlari o'tkazdik, saralash bahslariga etarli darajada yaxshi tayyorgarlik ko'ra oldik, deb o'ylayman, - dedi o'z vaqtida O'zbekistonda ham ishlashga ulgurgan hindistonliklar ustozi. – Guruhimizdagi o'yinlar ancha og'ir kechadi. Ayniqsa, O'zbekistonga qarshi o'yinlar oson bo'lmaydi. So'nggi yillarda ushbu mamlakatning o'smirlar va yoshlar terma jamoalari muntazam jahon chempionati yo'llanmalarini qo'lga kiritib kelmoqda. Bu esa O'zbekistonda o'smirlar va yoshlar terma jamoalari kuchayib borayotganidan dalolat.
Turkmaniston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi O. Kovusov Dohadagi bo'lajak bahslarda turkman futbolini yaxshi tomondan ko'rsatishga intilishlarini ma'lum qildi. Musobaqaga Turkmanistonning o'zida tayyorgarlik olib bordik, kuchli raqiblarga qarshi bir necha o'yinlar o'tkazdik. Raqiblarimiz to'g'risida imkon doirasida axborot to'pladik. Tarkibimizda Marv, Axal, Tolib sporti kabi Oliy Liga klublaridan futbolchilar bor. Umuman olganda, saralash bahslariga tayyormiz, - dedi ikki oy avval Turkmaniston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan mutaxassis.
Qatar yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches ishtirokidagi matbuot anjumani 3 oktyabrga rejalashtirilgan musobaqa-oldi tadbirlarini yakunlab berdi. Biz keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun tayyorgarlik ko'rdik va bo'lajak bahslarga tayyormiz. Raqiblarimiz ham musobaqaga tayyor holda kelganliklariga shubhamiz yo'q. Ha, guruhimizda O'zbekistondek kuchli jamoa bor, biroq biz nafaqat uni, balki boshqa raqiblarimizni ham hurmat qilamiz, - dedi qatarliklar ustozi.
Biz saralash o'yinlarini o'z maydonimizda o'tkazamiz va bu raqiblarimizga nisbatan ustun jihatimizdir. Biz bundan samarali foydalanishga va keyingi bosqich yo'llanmasini albatta qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Musobaqaga jamoam tayyor. Biz tayyorgarlik doirasida Ispaniya va Tunisda yig'inlar o'tkazdik, shuningdek, Avstraliya, Ispaniya, Meksika, Falastin, Iordaniya, Tunis, Gretsiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Marokash yoshlar terma jamoalariga qarshi nazorat o'yinlarida maydonga tushdik, - deya qo'shimcha qildi Qatar yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches.
Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati A saralash guruhi o'yinlari 4 oktyabr kuni start oladi. Shu kuni Nepal Turkmanistonga qarshi maydonga tushsa, Hindiston Qatar bilan bahs olib boradi. O'zbekiston yoshlari esa saralashdagi o'zining ilk o'yinini 6 oktyabr kuni Turkmanistonga qarshi o'tkazadi.