Tuxel ishdan ketsa, PSJni boshqarishga asosiy nomzod kimligi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
10 okt 2020, 21:35
Bu haqda Football Italia nashri RMC Sport manbasiga tayanib xabar qilmoqda.

Unda aytilishicha, PSJ sobiq yarim himoyachisi Tyago Motta klub ustozi Tomas Tuxel o'rnini egallashi mumkin. Motta francuz grandi tomonidan bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. 38 yoshli sobiq xavbek “Barselona”, “Inter”, “Jenoa” va PSJ sharafini himoya etgan, 2018 yil faoliyatini yakunlaganidan keyin esa parijliklarning yoshlar jamoasida bir mavsum ishlagan edi.

Uning so'nggi ish joyi “Jenoa” (2019) bo'ldi. U genuyaliklarni atigi 2 oy boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia