Turkiyadagi uchrashuv vaqtida darvozabonning boshiga suv to'la idish otishdi (video)

Aslanov Jasurbek
10 sen 2017, 13:52
"Fenerbaxche" hamda "Istanbul Bashakshexir" klublari o'rtasidagi Turkiya chempionatining 4-tur uchrashuvida yoqimsiz voqea yuz berdi.

"Fenerbaxche" muxlislari ichida suvi bo'lgan idishni maydonga uloqtirishdi va idish "Istanbul Bashakshexir" posboni Volkan Babajanning boshiga tegdi. Darvozabon jiddiy jarohat olmadi va o'yinni davom ettirdi. Taxminlarga ko'ra, "Fenerbaxche" o'z uyidagi keyingi bir necha uchrashuvlarni muxlislarsiz o'tkazadi.

O'yin "Fenerbaxche"ning 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, Babajan faoliyatini "Fenerbaxche"da boshlagan va Istanbul klubi safida 20 ta uchrashuv o'tkazgan.

TAS-IX emas

Ko'chirib olish (skachat)



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals