Turin derbisi o'tkazilayotganda "Yuventus" futbolchisining uyini tunamoqchi bo'lishdi

Tolibjon Qosimov
4 may 2019, 16:40
Kecha tunda A Seriya 35-turi doirasida "Yuventus" jamoasi uyda "Torino" bilan durang o'ynadi - 1:1.

"La Stampa"ning xabar berishicha, Turin derbisi o'tkazilayotgan bir paytda "Yuventus" vingeri Federiko Bernardeskining uyini tunamoqchi bo'lishgan.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, voqea juma kuni tunda ro'y bergan. Jinoyatchilar hech narsa o'g'irlay olishmagan. Sababi, Bernardeskining qiz o'rtog'i uyga qaytib kelgan va o'g'rilarni cho'chitib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Stampa