Ture: "Manchester Siti" Yevropada eng yaxshi futbol ko'rsatayotgan jamoa"

Aslanov Jasurbek
6 dek 2017, 14:44
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Turening fikricha, uning jamoasi ayni damda Yevropadagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatmoqda.

"To'g'risini aytsam, hozir biz juda yaxshi o'ynayapmiz va o'ylashimcha, Yevropadagi eng yaxshi futbol namoyish etayotgan klubmiz. Hozir boshqa klublar bizni hurmat qila boshladi. Yaxshi tempdamiz va o'zimizga ishonyapmiz. Har bir jamoadoshim buni tasdiqlashi mumkin.

APL - qiyin liga, chunki bu yerda barcha raqiblar kuchli, yaxshi mashg'ulot o'tkazishimiz uchun vaqt kam. Barcha futbolchilar o'z terma jamoalarida o'ynashadi va bu vaziyatni og'irlashtiradi. Ammo endi o'yinchilar taktikani va nima qilayotganini tushunishmoqda" - deydi Ture.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph